Krishtianu Ronaldu Kilian Mbappega baho berdi
21 fev 2020 11:11
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu Kilian Mbappega baho berdi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu PSJ o'yinchisi Kilian Mbappeni nafaqat kelajakning, balki hozirgi kunning ham yulduzi deb atadi.
"Mbappe - bu kelajak va hozir. U fantastik o'yinchi, juda tezkor, kelajak u bilan bog'liq", - deydi Ronaldu.
21 yoshli Mbappe 2018 yilda jahon chempioniga aylandi, "Monako" (2016/17) va PSJ (2017/18, 2018/19) safida Franciya chempionligini qo'lga kiritdi.
Hujumchi o'tgan mavsumda 39ta gol urdi. Kilian joriy mavsum 24ta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi, ulardan 15tasi Liga 1'da kiritildi.
Fikrlar