So’nggi yangiliklar

17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  0 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  0 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  1 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   11 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0 15:39Гвардиола: "Кейинги учрашувда 10 нафар янги ўйинчи майдонда бўлади..."  4 15:15"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи  3 14:46"Ал Ҳилол" Рафаэл Леауни нишонга олди  1 14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  2 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  2 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  2

Krishtianu Ronaldu: Bu yil faoliyatimdagi eng yaxshisi bo'ldi Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu: Bu yil faoliyatimdagi eng yaxshisi bo'ldi

Real va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu to'rtinchi marta Oltin to'pni qo'lga kiritganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

To'rtinchi marta Oltin to'pni qo'lga kiritish men uchun sharaf. Bu sovrinni ilk bor qo'lga kiritganimdagi hissiyotlar hozir ham meni cho'lg'ab olgan.

Buni to'rt marta qo'lga kiritishimga hech qachon ishonmagandim. Portugaliya terma jamoasi va Real klubidagi sheriklariga rahmat aytaman. Men baxtliman.

Yakunlanayotgan yil men uchun faoliyatimdagi eng yaxshi yil bo'ldi ham jamoaviy, ham shaxsiy tomonlama. Portugaliya terma jamoasidagi g'alaba etishmayotgan edi. Real bilan ECHLdagi g'alabani unutmayman.

O'zimga shunday deyman: Krishtianu, butun yil davomida bekorga mehnat qilmading. Oltin to'pni qo'lga kiritganimdan faxrlanaman, sababi buning uchun katta kuch yo'qotdim. Baxtliman.

Barchasi menga ishongan insonlar tufayli. Bir necha yil davomida yuqori saviyada o'ynaydigan futbolchilar barmoq bilan sanarli, shu bois bu natijamdan xursandman, – deydi Ronaldu.


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика