Krespo Braziliya jamoasini boshqaradi
13 fev 2021 00:55
Yangiliklar


Krespo Braziliya jamoasini boshqaradi
Argentina termasining sobiq hujumchisi Ernan Krespo Braziliyada ishlaydi.
Jurnalist Sezar Luis Merloning yozishicha, mutaxassis "San-Paulu" boshqaruvini qo'liga oladi. Klub u bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.
Ushbu jamoa Braziliya chempionatida 34 turdan keyin 59 ochko jamg'argan holda 4-o'rinda bormoqda.
45 yoshli Kresponing so'nggi ish joyi Argentinaning "Defensa va Xustisiya" jamoasi bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar