"Krasnodar" bosh murabbiyi istefoga chiqdi
04 apr 2021 12:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629105_original.jpg)
![](/upload/storage/629105_220.jpg)
"Krasnodar" bosh murabbiyi istefoga chiqdi
SHu kunga qadar "Krasnodar"ni boshqarib kelgan mutaxassis Murod Musaev istefoga chiqdi.
"Bu "Krasnodar"dagi so'nggi o'yinim bo'ldi. Uchrashuvdan keyin rahbariyat bilan istefo borasida gaplashib oldim. Bu ikkinchi suhbat bo'ldi. Birinchisi "Spartak"ka qarshi o'yindan keyin bo'lgandi. Menimcha, klubda nimalarnidir o'zgartirish, yangicha hissiyotlar olib kirilishi kerak", - dedi Musaev.
Kecha "Krasnodar" o'z maydonida "Axmat"ga 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Ayni damda jamoa RPL turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.
Murod Musaev 2018 yilning yozida "Krasnodar" boshqaruvini qo'liga olgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar