Temurxo'ja Abduxoliqov o'zbek futbolidagi qaysi hujumchilarga havas qilgan?
27 okt 13:29
Yangiliklar
Temurxo'ja Abduxoliqov o'zbek futbolidagi qaysi hujumchilarga havas qilgan?
"90minutuz" podkastining navbatdagi sonida tajribali huhujmchi Temurxo'ja Abduxoliqov ishtirok etdi.
"Bunyodkor" futbolchisi o'zbek futboli afsonalaridan qaysilariga mehr qo'yganini aytib berdi.
"Gol uradigan hamma hujumchilar yoqardi. Masalan, bosh bilan yaxshi o'ynaydigan Zafar Xolmurodov, nostandart qarorlar qabul qiladigan Aleksandr Geynrix, Anvar Berdiev maydonga tushsa, gol urardi.
Bosh bilan zo'r o'yin ko'rsatadigan Xolmurodovga rosa havasim kelardi. Masalan, Geynrix bunday o'ynolmasdi. U aldab o'ynashga ixtisoslashgan edi. Anvar Berdievning zarbalari zo'r bo'lgan. Zayniddin Tojiev baquvvat hujumchi edi, himoyachlarni bemalol aldab o'tardi. Farhod Tojiev ham ko'plab gollar urardi, "Quruvchi"da Ilhom Mo'minjonov avjiga chiqardi", – dedi Abduxoliqov.
"90minutuz" podkasti to'liq holda:
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar