So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  5 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Superliga-2025. O'tgan mavsumning eng yosh va eng yoshi katta futbolchisi kimlar bo'ldi? Yangiliklar

Superliga-2025. O'tgan mavsumning eng yosh va eng yoshi katta futbolchisi kimlar bo'ldi?

Mavsum yakunlariga bag'ishlangan malumotlarni etiboringizga havola qilishni boshlaymiz.

2025 yilgi mavsum Superligada eng yosh futbolchisi "Bunyodkor"ning 2009 yilda tug'ilgan yarim himoyachisi Mirkomil Murodov bo'ldi. U 15 yosh, 11 oy, 26 kunligida "Xorazm"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi. Keyingi o'rindan "Buxoro" yarim himoyachisi Ozodbek Rajabov joy oldi. To'ptepar 16 yosh, 7 oy, 27 kunligida oxirgi turda "Surxon"ga qarshi o'yinda harakat qildi. Ro'yxatda Ayubxon Muxtorov ("Qo'qon-1912", 17 yosh, 6 oy, 15 kun), Behruz Karimov ("Surxon", 17 yosh, 7 oy, 1 kun), Kamronbek Yusupov ("Surxon", 18 yosh, 1 oy, 8 kun) kabi futbolchilar ham borligini aytib o'tish mumkin.

Eng yoshi katta futbolchi "Xorazm" darvozaboni Sardor Qobuljonov qayd etildi. Tajribali kiper 38 yosh, 9 oy, 19 kunligida elitada o'ynadi. Qobuljonov o'tgan mavsumda 11 ta o'yinda darvozasidan 16 ta gol o'tkazdi va 3 ta bahsda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Ikkinchi pog'onada Bahodir Nasimov o'rin egalladi. Hujumchi 38 yosh, 4 oy, 27 kunligida Superligada maydonga tushdi. Uchinchi o'rinni "Nasaf" legioneri Dragan Cheran o'ziniki qildi. Futbolchi 38 yosh 1 oy, 23 kunlikda Superligada oxirgi turda maydonga tushdi. Cheran shu yoshda bo'lishiga qaramay Superligada 30 ta o'yinda 8 ta gol, 4ta assist amalga oshirdi. Bundan tashqari Stanislav Andreev ("So'g'diyona" 37 yosh, 6 oy, 24 kun), Marko Stanoevich ("Dinamo", 37 yosh, 6 oy, 24 kun), Mirzohid G'ofurov ("Navbahor", 37 yosh, 3 oy, 7 kun) kabi nomlar ham bor.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
03 dek 13:31:09
Александр Гейнрих
Черан черан !!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика