Kovach: "Borussiya"ga bosim uyushtirmoqchiman"
06 jan 2019 13:13
Yangiliklar
Kovach: "Borussiya"ga bosim uyushtirmoqchiman"
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach Bundesliga turnir jadvalida Dortmundning "Borussiya"sini quvib etish uchun barcha ishni qilishga tayyorligini aytdi.
"Hozirda biz taqib qiluvchi rolidamiz. Va biz 6 ochkolik farqni iloji boricha tezroq yo'qqa chiqarmoqchimiz. Jamoamiz o'zining chiroyli o'yinlari bilan "Borussiya"ga bosim o'tkazishga tayyor. Bundesligadagi g'oliblik - bizning birinchi va ustuvor vazifamiz", - dedi Kovach.
Ayni damda "Bavariya"da 36, "Borussiya"da esa 42 ochko bor.
Fikrlar