Kovach: "Borussiya"ga bosim uyushtirmoqchiman"

Mirjalol Normatov
6 yanv 2019
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach Bundesliga turnir jadvalida Dortmundning "Borussiya"sini quvib yetish uchun barcha ishni qilishga tayyorligini aytdi.

"Hozirda biz taqib qiluvchi rolidamiz. Va biz 6 ochkolik farqni iloji boricha tezroq yo'qqa chiqarmoqchimiz. Jamoamiz o'zining chiroyli o'yinlari bilan "Borussiya"ga bosim o'tkazishga tayyor. Bundesligadagi g'oliblik - bizning birinchi va ustuvor vazifamiz", - dedi Kovach.

Ayni damda "Bavariya"da 36, "Borussiya"da esa 42 ochko bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FCBayern