Koutino top-5 chempionatning to'rttasida gol urdi

Mirjalol Normatov
22 sen 2019, 18:33
"Bavariya" yarim himoyachisi Filippe Koutino jamoasi tarkibida ilk golini urishga erishdi.

Shu orqali u top-5 chempionatning to'rttasida gol urishga erishgan beshinchi futbolchiga aylandi. Oldinroq u Italiyaning "Inter", Angliyaning "Liverpul" va Ispaniyaning  "Barselona" kabi klublarida ham gol kiritgandi.

Eslatib o'tamiz, Koutino "Bavariya"ga bir mavsumga ijaraga olindi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA