Koutino endi "Barselona" libosida o'ynamasligi mumkin
11 fev 2021 00:58
Yangiliklar


Koutino endi "Barselona" libosida o'ynamasligi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino joriy mavsumning qolgan qismida "ko'k-anorrangli" libosda maydonga chiqmasligi mumkin.
Bu haqda jurnalist Xavi Migel "Esport3" telekanalining "Onze" dasturi davomida malumot berdi:
"Klubning ayni paytdagi eng asosiy vazifasi — tejamkorlik. Koutinoning shartnomasida katalon klubida o'tkazgan o'yinlari uchun "Liverpul"ga bonus to'lanishi to'g'risida band bor. "Barsa" buning uchun mablag' sarflamoqchi emas.
Braziliyalik futbolchi yana 7 uchrashuvda maydonga tushsa, "Barselona" 5 million evro miqdorida bonus to'lashga majbur bo'ladi".
Avvalroq "Barselona"ning moliyaviy ahvoli qiyinlashgani va boshqa klublardan 126 mln evro qarzi borligi haqida xaarlar tarqalgan edi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar