So’nggi yangiliklar

14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  1 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи рол ўйнади"   14 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  2 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   1 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  14 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  7 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  7 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  7 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1

Koutino "Barselona" uchun gol urmoqda, "Liverpul" usiz oldingidan ham kuchaydi Yangiliklar

Koutino "Barselona" uchun gol urmoqda, "Liverpul" usiz oldingidan ham kuchaydi

65 gol - qish yakunlariga ko'ra juda yaxshi natija.

Evropaning eng kuchli besh ligasida "Manchester Siti", "Barselona" va "Monako" aynan ulardan ko'proq natija ko'rsata olishdi. Biroq francuzlar va inglizlar milliy chempionatlaridagi gollarning qadrini bir-biriga solishtirib bo'lmaydi.  Filippe Koutinoning jamoadan ketishi ham hech nimani o'zgartirmadi. Usiz "Liverpul" 10 o'yin o'tkazib, 25 gol urishga erishdi. Qarang, natija o'smoqda. Umuman olganda Koutino jamoaning muammosi bo'lmagan. Biroq "Liverpul" buni qanday uddalamoqda?


KLOPP FUTBOLCHILARNING ENG YAXSHI JIHATLARINI OCHIB BERMOQDA
Muhammad Saloh 25 yoshida ham tez yugura olmasdi. Yurgen Kloppga kelganida u maydonda o'zining maksimal kuchini sarflamoqda. Uning o'zi 36 o'yinda 30 gol urgani haqida shunday dedi: "Uning qo'l ostida men darvozaga yaqin o'ynayapman. Oldingi murabbiylarim mendan buni istashmagandi. Klopp xattoki mashg'ulotda ham meni shunday poziciyada o'ynatadi".
Aleksandr-Arnold 19 yoshidayoq asosiy futbolchi, ECHLda ikkita, APLda esa bitta gol urishga erishdi, shuningdek, uning hisobida golli pas ham bor, etiborlisi u himoyachi. SHuningdek, himoyaviy o'yinda ham jamoaning eng yaxshi azosi. Dekabr oyi oxirlarida Klopp uni "boksing dey"dagi o'yinlari haqida shunday dedi: "U fantastik o'ynadi. Trentning onasi qarindoshlari uning o'yinini ko'rgani AQSHdan kelayotganini aytdi. Men esa ularga: "Bu uni asosiy tarkibda tushurishim uchun buyruqmi?", - deb aytdi Klopp. Trent o'shanda "Suonsi" darvozasini ishg'ol etdi. Trentning o'zi esa o'yini haqida shunday dedi: "Birinchi bo'limda ikkinchiga qaraganda yaxshiroq o'ynay olardim".
Sadio Mane tez-tez Koutinoga o'z joyini berib qo'yardi. Ularning eng yaxshi ko'rgan nuqtasi - o'ng qanot yarim himoyasi edi. Mavsum boshida ayrim vaqtlarda ikki futbolchi almashib bir nuqtada to'p surishdi. Bazi vaqtlarda esa biri chapda, biri o'ng qanotda harakat qildi yoki ikkisi ham chap qanotda harakat qilishdi. Bu jihatni olib qaraganda Manening driblinglari 30 foizga, darvozalarga zarbalar oldingi natijadan bir yarim barobar ko'paydi. SHuningdek u urilgan gollar soni bo'yicha o'tgan yilgi natijasini takrorlab bo'ldi.

Roberto Firmino esa o'tgan yilgidagidan anchagina ochilgan. Hattoki oddiygina statistikaga etibor beradigan bo'lsak, u o'zining eng yaxshi mavsumida gol+pas tizimida 27 ochko yig'gan. Bu mavsumda esa bu natija 30ga teng. "Vest Xem"ga qarshi bahs ko'rsatib berdi-ki, Firmino darvoza oldida o'zini erkin his qilmoqda.
Biroq Robertson va Jan ham bor. Ular ham jamoa tarkibida yaxshi o'yin namoyish etishmoqda. Ha, Oksleyd-CHemberlen ham nihoyat o'zini ko'rsata boshladi. "Liverpul"ning o'yinlarida ijodkorlik sezilmoqda, bu esa jamoaning har bir vaziyatga tezda moslashib ketayotganligini anglatadi. SHu sababli barcha futbolchilarning mahorati ochilib bormoqda.


HATOLAR USTIDA ISHLASH
Yana Salohga va yana uning kichik intervyusiga qaytamiz: "Bilaman, bu mavsumda ko'plab vaziyatlarni ura olmadim. Biroq kamchiliklarni tuzatishga harakat qilyapman va bunga murabbiy katta yordam bermoqda".
"Suonsi" mag'lub etilganida CHemberlen shunday degandi: "Gol urganimdan xursandman. Biroq natijalarni yaxshilash kerak. Raqib darvozasi oldida bundan-da yaxshiroq o'yin namoyish etish lozim". O'shanda hisob 5:0 bo'lgandi.
"Liverpul" futbolchilari tinchlanishmayapti. Bir o'yinda uchinchi golni urgandan keyin ham yanada ko'prog'ini istashmoqda. Hattoki oldingi vaziyatlardan ham chiroyliroq o'ynashadi. SHunday pallalarda natija o'zidan o'zi keladi.


BOSIM - ENG YAXSHI PLEYMEYKER
Klopp qo'l ostida "Liverpul" faqatgina yangicha o'yin uslubida ishlamoqda. Raqiblar to'pni yo'qotgan zahoti futbolchilar vaziyatdan foydalanishga intilishmoqda. Isbot? Kechagi o'yinda urilgan gollardan ikkitasi markazda pressing evaziga yuzaga keldi.
"Manchester Siti" bilan o'yinda ham jamoa faqatgina himoyada o'ynamadi. "Liverpul" APL etakchisini bosimda tor-mor etdi. "SHaharliklar" esa o'z xatolari qurboni bo'ldi. Yakuniy hisob 4:3, "Siti" o'yin sifati borasida ham raqiblarga mag'lub bo'ldi.
Koutinosiz "Liverpul" maydon markazidan tezroq o'tmoqda. CHap qanotda Mane o'ynamoqda. Filippe ketganidan keyin esa u qanotda hattoki Milner ham to'p surmoqda. Nima uchun bunday? Bu taktik tartib. Barcha futbolchilarga og'irlik birdek tushishi kerak.
Ikkinchidan, braziliyalik futbolchi bilan chuqur himoyani buzib o'tish qiyin bo'layotgandi. Albatta, ko'p paytlarda Koutinoning driblinglari "Liverpul"ga yordam berayotgandi. "Suonsi"ga qarshi Uelsda kechgan bahsdagi mag'lubiyatda esa shunday ishni qila oladiganlar kamlik qildi.
Klopp jamoani hali ham qayta qurmoqda. Lallana va CHemberlen asosiy ishni bajarmoqda. Bu natija bermoqda, ammo hozirdan xulosa qilib bo'lmaydi.


HALI TUGAMADI
"Liverpul"ga qarshi bahsda raqiblarning himoyasida qator muammolar ko'zga tashlanmoqda. Hatto Pep Gvardiolaning qimmatbaho orqa chizig'ida ham kamchiliklar juda ko'p. Ammo "Liverpul" ham mukammal jamoa emas. Klavan, Matip va Lovrenga texnika etishmayapti. Klopp qishda 80 mlnga tayyor futbolchi xarid qildi. Bu esa jamoani kuchaytirmoqda.
Saloh 40 mln evroga xarid qilingandi. Virjil Van Deyk ham ancha salohiyatli, tezkor, hujum boshlashni ham raqib hujumlarini to'xtatishda ham faol. Biroq sovrin yutadigan vaqt keldi. CHunki Klopp ikki yarim yildan buyon shu erda.

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика