Koulman: "Beylga minnatdorchilik bildirish uchun tiz cho'kishga ham tayyorman"
07 iyu 2016 03:45
Yangiliklar
Koulman: "Beylga minnatdorchilik bildirish uchun tiz cho'kishga ham tayyorman"
"Jamoam bilan faxrlanaman. Bu tuyg'ularni so'zlar bilan tasvirlash juda qiyin... Yarim final - bu Uels uchun katta muvaffaqiyat. Buni hech kim kutmagan edi. Ammo bunga 200% munosibmiz.
Evroda ko'nglim to'lmagan yagona o'yin Angliyaga qarshi bo'ldi. O'sha bahsda o'zimizni yo'qotib qo'ydik.
Har qanday terma jamoa ustozi Remsini yo'qotishdan afsuslangan bo'lar edi. U ajoyib o'yinchi. Bugun Portugaliya terma jamoasi himoyasida joy topa olmadik. Aaron shu ishni juda yaxshi bajarar edi.
Beyl? U ham odam. Garet qo'lidan kelgan barcha ishni bajardi. U maydonda tinib bilmadi. Ammo Beyl uchrashuvlarni bir o'zi yuta olmaydi. Garet turnirni juda yaxshi o'tkazdi. Unga minnatdorchilik bildirish uchun tiz cho'kishga ham tayyorman" - deydi Koulman.
Fikrlar