Kostas Manolas: "Napoli"da murakkab taqvim. Har o'yinda g'alaba uchun kurashamiz"
15 sen 2019 21:20
Yangiliklar


Kostas Manolas: "Napoli"da murakkab taqvim. Har o'yinda g'alaba uchun kurashamiz"
"Napoli" himoyachisi Kostas Manolas Italiya chempionatida raqobatdoshlari va jamoaning sovrin yutish imkoniyati haqida to'xtalib o'tdi.
"Har yili "Napoli" Italiya chempioni bo'lish uchun kurashadi. Lekin, hali katta gapirishga vaqtli. Maydonda bunga tayyorligimizni ko'rsatishimiz kerak. Eng kuchli jamoa – har doimgidek "Yuventus", ammo bizda sifatli tarkib mavjud. Har bir o'yinda g'alaba uchun jang qilamiz. U bu narsa deyishga hali erta. Taqvim "Inter"ga qulay keldi, lekin biz allaqachon Florenciya va Turinda o'yin o'tkazib bo'ldik. Bizda eng qiyin o'yinlar bo'ldi", – deydi Manolas Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar