So’nggi yangiliklar

00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  0 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  5 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  22 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  27

Kosta-Rika terma jamoasi ustozi: "Bahsni "autsayder" sifatida boshlab, o'yin davomida burilish yasay oldik" Yangiliklar

Kosta-Rika terma jamoasi ustozi: "Bahsni "autsayder" sifatida boshlab, o'yin davomida burilish yasay oldik"

Jahon chempionati 3-turidan o'rin olgan Kosta-Rika - O'zbekiston (5:3) uchrashuvidan so'ng Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksander Ramos saytimizga kichik intervyu berdi.

- Jamoangizni g'alaba bilan va keyingi bosqichga yo'l olgani bilan tabriklayman. Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Kosta-Rika terma jamoasi uchrashuvni "autsayder" sifatida boshladi, ammo o'yin davomida biz vaziyatni o'zgartirib yubordik. Yigitlarning sayil harakatlari va kuchli ishtiyoq tufayli o'yinda burilish yasay oldik.

- Kosta-Rika terma jamoasi o'yinning qaysi paytida o'yinni o'zgartirishga o'zida kuch topa oldi?

- Bu o'yin Jahon chempionatidagi taqdirimizni hal qilardi. To'g'risini aytsam, bunchalik ko'p gollar bo'lishini kutmagandim. Sababi o'yin katta ahamiyatga ega edi. Mundialda har narsa sodir bo'lishi mumkin.

- O'zbekiston futzal terma jamoasi mashhur ispaniyalik bosh murabbiy bilan mundialga tayyorgarlik ko'rdi, ammo bugun ko'rganimizdek natija yaxshi bo'lmadi. O'zbekiston terma jamoasi haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Bosh murabbiyingiz terma jamoani yaxshi darajaga olib chiqqani ko'rinib turibdi. O'zbekiston terma jamoasi Venansio bilan ishlashda va rivojlanishda davom etishiga tilakdoshman. Bilasizmi, hozirgi kunda Ispaniya, Portugaliya, Braziliya, Argentina terma jamoalarining kuchliroq ekanligi yaqqol seziladi, qolgan terma jamoalar esa o'zaro raqobatlasha oladi va barchaning kuchi teng.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика