Kosta "Palmeyras"ga o'tishi mumkin
13 fev 2021 07:25
Yangiliklar


Kosta "Palmeyras"ga o'tishi mumkin
Ispaniyalik forvard Diego Kosta faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin.
Hujumchi unga 2 yillik shartnoma taklif qilgan "Palmeyras" klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Qayd etish kerakki, Kosta ayni damda Braziliyada va o'z ona shahrida "Lagartu" klubi bilan formasini ushlab turibdi.
32 yoshli hujumchi Braziliyada tug'ilgan, ammo Ispaniya terma jamoasida harakat qilgan.
Hujumchi "Atletiko"ni yanvarda tark etgan edi, u joriy mavsui Madrid jamoasi safida Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar