Kosovo va Lixtenshteyn klublari ilk bor evrokubok guruh bosqichida o'ynaydi. Ulardan biri 2-divizion vakili
26 avg 2022 10:00
Yangiliklar


Kosovo va Lixtenshteyn klublari ilk bor evrokubok guruh bosqichida o'ynaydi. Ulardan biri 2-divizion vakili
Konferenciyalar Ligasi saralashida katta sensaciya ro'y berdi.
Lixtenshteynning “Vaduc” jamoasi pley-offda mintaqaning taniqli klublaridan biri bo'lgan “Rapid” (Avstriya)ni ikki o'yin natijasiga (1:0, 1:1) ko'ra engib, guruh bosqichiga yo'l oldi.
Qizig'i, “Vaduc” SHveycariya 2-divizioni vakili hisoblanadi. Bu Lixtenshteyndan evrokuboklarda qatnashayotgan yagona ishtirokchidir.
Kosovoning “Balkani” jamoasi esa “SHkupi” (Makedoniya)ni saralashda qoldirib ketdi. SHu tariqa, evrokuboklar tarixida ilk bor guruh bosqichida Lixtenshteyn va Kosovo klublari ishtirok etadi.
Konferenciyalar Ligasi 2022/23 yilgi mavsum final raundiga qura tashlash marosimi bugun bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 31

Fikrlar