Konferenciyalar Ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichining barcha ishtirokchilari aniq. Bugun qur'a!

Eldor Akmurzayev
26 avg 2022, 08:15
Konferenciyalar Ligasida saralash bahslari o'z yakuniga etdi.

Unga ko'ra, guruh bosqichida qatnashuvchi barcha ishtirokchilar aniqlandi. Qur'a tashlash marosimi esa bugun Yevropa Ligasiniki bilan birga bo'lib o'tadi.

Birinchi savatcha: Vilyarreal (Ispaniya), Bazel (Shveytsariya), Slaviya Praga (Chexiya), AZ (Niderlandiya), Gent (Belgiya), Istanbul (Turkiya), Partizan (Serbiya), Vest Xem (Angliya).

Ikkinchi savatcha: CHFR (Ruminiya), Molde (Norvegiya), Styaua (Ruminiya), Fiorentina (Italiya), Keln (Germaniya), Xapoel Beer-Sheva (Isroil), Apollon (Kipr), Slovan (Slovakiya).

Uchinchi savatcha: Nicca (Fransiya), Anderlext (Belgiya), Jalgiris (Litva), Austriya (Avstriya), Xarts (Shotlandiya), Shemrok Rovers (Irlandiya), Sivasspor (Turkiya), Vaduc (Lixtenshteyn).

To'rtinchi savatcha: Dnepr-1 (Ukraina), Lex (Polsha), Slovacko (Chexiya), Silkeborg (Daniya), Yurgorden (Shvetsiya), Pyunik (Armaniston), RFSH (Latviya), Balkani (Kosovo).

Eslatib o'tamiz, musobaqa guruh bosqich bahslari 8 sentyabrdan start oladi va final 2023 yil 7 iyun kuni Pragadagi “Fortuna Arena” o'yingohida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia