Konferenciyalar Ligasi saralashi. Bugun Sergeev o'ynayotgan “Tobol” javob bahsini o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
26 iyul 2022, 08:40
Bugun, 26 iyul kuni Konferenciyalar ligasi 2022/23 yilgi mavsum 2-saralash raundi javob bahslari bo'lib o'tadi.

Qozog'istonning “Tobol” jamoasi ilk o'yinda “Linkoln Red Imps” (Gibraltar)ni 2:0 hisobida taslim etgan. Igor Sergeev esa ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 63-daqiqada zaxiraga olingandi.

“Tobol” mazkur jamoa to'sig'idan o'tsa, 3-saralash bosqichida “Zrinski Mostar” (Bosniya va Gertsegovina) – “Tirana” (Albaniya) juftligi g'olibiga qarshi (dastlabki bahsda 1:0) to'qnash keladi.

Eslatib o'tamiz, “Tobol” hamda “Linkoln Red Imps” o'rtasidagi javob o'yini Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia