Koryan va Kopadze "BEIN SPORTS" telekanaliga intervyu berishdi
17 mar 2015 08:55
Yangiliklar

Koryan va Kopadze "BEIN SPORTS" telekanaliga intervyu berishdi
Doha, 16 mart - "Lokomotivning" kechki mashg'ulotlari davomida, SHimoliy Amerika va Arab dunyosida etakchi sport telekanallaridan biri hisoblangan "beIN Sports" jurnalisti Ruslan Koryan va Timur Kapadzedan intervyu oldi.
Telekanal vakillari asosan ertangi o'yin oldi hissiyotlar va o'yinchilarning salomatligi borasida qiziqishdi.
Ruslan Koryan: "Men ilk bora bu mintaqaga qadam ko'ydim, o'ylaymanki, qadamim qutlug' kelib, ertangi o'yinda gol urishga muvaffaq bo'laman. Jamoam g'alaba qozonishiga ishonaman".
Timur Kapadze: "Jamoada engil jarohat olgan o'yinchilar bo'lishi mumkin, biroq biz 100% ham ruhan, ham jismonan o'yinga tayyormiz. Ertangi uchrashuvda buni isbotlashga harakat qilamiz. Raqibimiz "Al-Saddni" hurmat qilamiz".
Vadim Abramov: "Jamoam kuchiga ishonaman, biroq ertangi o'yin qanday natija bilan tugashini Allohdan boshqasi bilmaydi. O'ylaymanki, omad biz tomonda bo'ladi, yurtdoshlarimiz duosi va kuvvatlashiga umid qilamiz".

Fikrlar