Koreyalik futbolchi mahsuldorlik namoyish qilmoqda

10 noya 2019, 02:23
APL 12-turida "Tottenxem" "Sheffild" bilan durangga imzo chekdi.

Mazkur uchrashuvda "shporlar"ning yagona goli Son Xyon Min mualliflik qildi. Bu koreyalik futbolchining London klubi safida o'tkazgan so'nggi 5 ta uchrashuvida urilgan 5-goli bo'ldi. 

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" hisobida 12 uchrashuvdan keyin 14 ochko yig'ildi va ular so'nggi 5 tur mobaynida 3 ochko yig'a oldilar, xolos.

O'xshash yangiliklar


Manba: OptaJoe