So’nggi yangiliklar

10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  1 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  0 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   1 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   7 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  33 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0

Koreya va Iordaniya futbolning ustidan kuldi, endi futbol ularning ustidan kulishi kerak Yangiliklar

Koreya va Iordaniya futbolning ustidan kuldi, endi futbol ularning ustidan kulishi kerak

Xabaringiz bor, shu kunlarda Qatar yashil maydonlarida Osiyo Kubogi-2023ning 3-tur bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Biroz avval "E" guruhi vakillari guruh bosqichini yakunlashdi. Yakunlaganda ham har ikkala uchrashuvda siz-u biz "teatr" guvohiga aylandik.

Osiyo Kubogi. Janubiy Koreya Yaponiya bilan tushishni istamadi, Bahrayn peshqadam sifatida pley-offga chiqdi

Son Xyon Min sardorligidagi Koreya Respublikasi o'z guruhida birinchi o'rinni olib nimchorak finalda Yaponiyaga tushib qolmaslik uchun Malayziya bilan bahsda yutmaslik uchun o'ynadi, ochiqchasiga. Narigi bellashuvda esa peshqadam bo'lib turgan Iordaniya Bahraynga uyatsizlarcha yutqazib berdi. 2-bo'limda har ikkala jamoa muxlislari futbolchilar hujum qilmayotganidan norozi bo'lib xushtakbozlik qilishayotgani videosini kanalimizga joyladik.

Xullas, Iordaniya ham, koreyslar ham ochiqchasiga yaponlardan qochdi. Yaponlarga "dux"ni berishning eng ochiqcha ko'rinishi bu. Bu guruh g'olibi 1/8 finalda Yaponiyaga qarshi o'ynashi kerak edi va o'sha jamoa kutilmaganda Bahrayn bo'lib ketdi. Narigi ikkita uyatsizlar esa ikkinchi va uchinchi o'rin bo'lib olishdi. Yaponiya Iroqqa yutqazib qo'ymaganida shuncha tomoshani ko'rmasmidik, quyonlar bo'yini ko'rsatmasmidi)


2009-2013 yillarda O'zMU Jurnalistika fakultetida o'qiganman. Har yili mini futbol bo'yicha dekan kubogi musobaqasi o'tkazardik. Bizning kurs 4 yil ichida 3 bor dekan kubogida g'alaba qozongan. Faqat bir yil g'oliblikni berib qo'yganmiz.

Har yili dekan kubogida kursimizdan 2ta jamoa tuzib qatnashardik. O'sha g'olib bo'lolmagan yilimiz ikkala jamoamiz qurada bitta guruhga tushib qolgan. Oxirgi turda o'zaro o'ynashimiz kerak bo'lgan va ikkinchi jamoamizni ham yarim finalga olib chiqish uchun ikkinchi jamoamizga yutqazib berganmiz. Yakunda o'sha yili har ikkala jamoamiz chempion bo'la olmagan. Bitta katta kurslar g'olib bo'lgan.

Ha, o'shanda turnir tugagach ayyorlik (g'irrom desa ham bo'ladi) qilganimizga afsuslanganmiz. Normal holatda shunday bo'lishi ham kerak: G'irrom qilganlar qaerdadir qoqilishi zarur.


Eng qizig'i, bu hali hammasi bo'lmasligi mumkin. Birozdan keyin start oladigan uchrashuvda Saudiya Arabistoni va Tailand o'zaro bahs olib boradi. Ayni paytda guruhda saudiyaliklar peshqadam bo'lib turishibdi, tailandliklar esa ikkinchi o'rinda. Bugun katta ehtimol bilan S.Arabistoni yutqazish uchun, Tailand esa yutmaslik uchun o'ynaydi. Ana sizga tomosha-yu, mana sizga tomosha. Umid qilaman, saudiyaliklar bunaqangi "teatr"ga yo'l qo'yishmaydi va normal futbol o'ynashadi. Bu umidlarim shunchaki umidligicha qolib ketmasligiga umid qilaman.

Bugunga belgilangan 4ta uchrashuv ichida yagona erkakchasiga jang bo'ladigan o'yin Qirg'iz Respublikasi - O'mon bahsi bo'lib ko'rinmoqda. SHu to'qnashuvda rosmana futbol bo'ladi. Darvoqe, shaxsan o'zim "Education City stadium"daman va Saudiya Arabistoni - Tailand uchrashuvidan o'quvchilarimiz uchun rasmlarni taqdim etaman. Qachondir teatr spektaklida rasmga olaman deb o'ylamagandim. Xullas, oxiri nima bo'lishini kuzatamiz.

Koreya Respublikasi va Iordaniya o'rtasidagi uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatgan edim. Ular juda kuchli edi. SHunga qaramay, bugun ular qo'rqoqlarga xos harakat qilishdi. Ular futbolning ustidan kulishdi, endi futbol ularning ustidan kulishi kerak. Bu chempionlar mentalitetiga mos emas. Jimgina o'z o'yinini o'ynab kelayotgan Eron, Yaponiya, Iroq, Qatar, Avstraliya va O'zbekiston chempionlik yo'lida yuqoridagi favorit deb hisoblangan "autsayderlar"ni yanchib o'tib ketishi kerak. SHunda adolat qaror topgan bo'ladi. Saudiya Arabistoni ham adolat tarafda bo'lishidan umid qilib maydonga tushib ketaman endi.

Osiyo Kubogi-2023 guruhlardagi holat >>>>> OK-2023

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика