Koreya chempionati. "Kanvon" Aliboevning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi
26 avg 2023 17:24
Yangiliklar


Koreya chempionati. "Kanvon" Aliboevning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi
Koreya K-ligasi 28-turidan o'rin olgan "Kanvon" – "Poxang Stilers" uchrashuvi yakuniga etdi.
Mazkur uchrashuvda "Kanvon" chempionat etakchilaridan biri "Poxang Stilers" bilan durang o'ynashga erishdi. Etiborlisi, 27-daqiqada maydonga tushgan yarim himoyachi Ikrom Aliboev 34-daqiqada raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol qilib, muvozanatni tikladi. (VIDEO)
Koreya chempionati
28-tur
"Kanvon" – "Poxang Stilers" 1:1
Gollar: Ikrom Aliboev (Xun Gug) 34' – Xon Yun 17'
28 turdan so'ng "Kanvon" so'nggi pog'onani egallab turibdi. Jamoaning keyingi uchrashuvi 1 sentyabr kuni safarda "Tegu"ga qarshi kechadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar