Ko'pchilik bu musobaqani bitta bo'lgan, zo'r bo'lgan deydi
08 jan 2022 15:46
Yangiliklar
Ko'pchilik bu musobaqani bitta bo'lgan, zo'r bo'lgan deydi
SHu munosabat bilan OFK sayti o'sha musobaqa haqida maqola chop etdi va bunda O'zbekiston terma jamoasining ishtirokini ham yodga oldi.
Men shu paytgacha ikkita Osiyo Kubogida bo'lganman: 2015 yil Avstraliya, 2019 yil BAAga borganman. Albatta, oramizda 2011 yilgi Osiyo Kubogini borib ko'rganlar ham ko'p. Va shu musobaqada qatnashganlarning ko'pchiligi Qatardagi chempionat eng zo'ri bo'lgan deb eslaydi.
Ahmedovning tashrif qog'ozi
Har bir futbolchining o'ziga xos tashrif qog'ozi bo'ladi. Yani qaysidir goli orqali muxlislar yodida qoldi. Futbolchilik faoliyatini tugatgan Odil Ahmedov 2011 yil Osiyo Kubogida Qatar darvozasiga (musobaqaning ochilish o'yinida) uzoqdan gol urib, shu orqali butun Osiyoga tanilgandi. Aynan shu gol unga Evropa eshiklarini ochdi desak mubolag'a bo'lmaydi. CHunki shu musobaqadan keyin Ahmedov "Anji"ga yo'l olgan.
2-raqamdagi Baqoev
Qatarda o'tgan qita birinchiligi yana shuningdek, hujumchi Ulug'bek Baqoevning 2-raqamli futbolkada o'ynab, chorak finalda Iordaniyaga ikkita gol urgani bilan yodda qolgan. O'shanda Baqoevning chempionatga borishi juda g'alati bo'lgandi. 2-raqam aslida himoyachi Yaroslav Krushelnickiyga tegishli bo'lib, biroq nimadir sabab Krushelnickiy ortga qaytishga majbur bo'ladi va bosh murabbiy Vadim Abramov uning o'rniga Baqoevni chaqirib oladi. SHu-shu Baqoev 2-raqamli futbolkani olishga majbur bo'lgan.
Nesterovsiz jamoa
CHorak finalda Iordaniya 2:1 hisobida mag'lub etilgach, bizni yarim finalda Avstraliya kutib turardi. Musobaqa boshidan beri terma jamoamiz darvozasini qo'riqlagan Ignatiy Nesterov bu o'yinda ishtirok eta olmaydi va natijada darvozani qo'riqlash Temur Jo'raevga topshiriladi. Lekin bu o'yinda Jo'raevdan omad ochiqchasiga yuz o'girib, o'z darvozasidan 6ta gol o'tkazadi. SHu tariqa musobaqadagi eng yirik hisob O'zbekiston - Avstraliya o'yinida kuzatiladi - 0:6.
Geynrixning benefisi
SHunday qilib Avstraliyaga qarshi o'yindan so'ng final yo'llanmasi puchga chiqqan va oradan ko'p o'tmay 3-o'rin uchun bahsda Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushganmiz. Garchi 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsak-da, Aleksandr Geynrix juda yaxshi o'yin namoyish etib, koreyaliklar darvozasiga ikkita gol urgandi.
Server Jeparov - Man of the Match
Musobaqaning yana bir esda qolgan jihati, yarim himoyachi Server Jeparov uch marta uchrashuvning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan. U guruhdagi barcha o'yinlarda eng yaxshi bo'lgan. CHorak finalda esa Ulug'bek Baqoev shu etirofga sazovor bo'lgandi.
Barcha natijalar
Quyida O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi-2011dagi o'yinlarini keltirib o'tamiz.
7 yanvar. Guruh bosqichi
Qatar - O'zbekiston 0:2
Gollar: Odil Ahmedov, Server Jeparov.
12 yanvar. Guruh bosqichi
O'zbekiston - Quvayt 2:1
Gollar: Maksim SHackix, Server Jeparov - Badr Al Mutva
16 yanvar. Guruh bosqichi
Xitoy - O'zbekiston 2:2
Gollar: YU Xay, Xao Junmin - Odil Ahmedov, Aleksandr Geynrix.
21 yanvar. CHorak final
O'zbekiston - Iordaniya 2:1
Gollar: Ulug'bek Baqoev (2ta) - Bani Yassin
25 yanvar. Yarim final
O'zbekiston - Avstraliya 0:6
Gollar: Xarri Kyuell, Sasha Ognenovski, Devid Karni, Brett Emerton, Karl Valeri, Robbi Kruz.
28 yanvar. 3-o'rin uchun bahs
O'zbekiston - Janubiy Koreya 2:3
Gollar: Aleksandr Geynrix (2ta) - Ku Ja CHol, Ji Dong Von (2ta).
Osiyo Kubogi-2011da qatnashgan futbolchilar
Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov, Temur Jo'raev, Murod Zuhurov.
Himoyachilar: SHavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, Sahob Jo'raev, Farrux Nurliboev, Viktor Karpenko.
Yarim himoyachilar: Aziz Ibragimov, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Odil Ahmedov, SHavkat Salomov, Stanislav Andreev, Sanjar Tursunov, Timur Kapadze, Jasur Hasanov, Vagiz Galiulin.
Hujumchilar: Ulug'bek Baqoev, Marat Bikmaev, Olim Navkarov, Aleksandr Geynrix, Maksim SHackix.
Fikrlar