Ko'p kutmadik. Rasman: Ikardi - PSJ futbolchisi
31 may 2020 16:16
Yangiliklar


Ko'p kutmadik. Rasman: Ikardi - PSJ futbolchisi
Kutilganidek "Inter" Mauro Ikardini PSJga sotib yubordi.
Argentinalik futbolchi 2019/20 yilgi mavsumni PSJ tarkibida ijara asosida o'tkazgandi. Milanliklar matbuot xizmati Ikardining "Inter"dagi 6 yillik faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi va kelasi faoliyatiga omad tiladi.
Oldinroq aytilganidek, Ikardining transferidan Italiya klubi 50 mln evro ishlab oladi. Futbolchi Franciyada yiliga 8 mln evro maosh oladi.
Muddatidan oldin yakunlangan chempionatda futbolchi 20 o'yinda qatnashdi va 12 gol urib, 3 bora assistent bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar