So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  1 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Konteynerlardan qilingan stadionda meksikancha karnaval! JCHdagi bayram atmosferasi Yangiliklar

Konteynerlardan qilingan stadionda meksikancha karnaval! JCHdagi bayram atmosferasi

Jahon chempionatidagi har bir o'yin – kichik bir bayram.

Barchasining o'ziga xosliklari bor.


Ochilish o'yini – tantanali, rasmiy bayram, unga insonlar teatrda bo'lgani kabi rasmiy kiyimlar (qatarliklar qilgandek)da kelishadi.

Senegal – Niderlandiya – ranglar festivali. Evropadan olovrang va Afrikadan barabanlar bilan sariq-yashil muxlislar.

Uels – AQSH – ishxonadagi so'nggi ish kunidan keyingi ko'ngilxushlikdek. Siz do'stlaringiz bilan barda (Qatarda – o'yingacha va undan keyin) yig'ilasiz va pivo bilan APL va MLSda o'ynagan umumiy do'stlaringizni muhokama qilasiz.

Argentina – Saudiya Arabistoni – kutilmagan quvonch bayrami. Imtihonga tayyorgarlik ko'rmay, guruh yoki sinfda eng yaxshisi bo'lgan holda, 5 bahoga topshirgandek.

Meksika – Polsha karnaval. SHovqinli, yorqin va atmosferaga boy. Har bir inson eng yaxshi libos bilan ajralib turishga urinadigan joy.

Kulgili tasodif shundaki, noodatiy liboslar bilan o'tgan karnaval jahon chempionati tarixidagi eng noananaviy stadionda o'tdi.



"974 stadioni" to'liq dengiz konteynerlaridan qurilgan. Liftlar, tualetlar, ovqat bilan chodirlar va fan-zonadagi sahna


"974 stadioni" – jahon chempionati uchun maxsus qurilgan etti stadiondan biri. Ammo, u turnirdan so'ng umuman to'liq yo'q bo'ladigan yagona o'yingoh. JCHdan so'ng boshqa arenalardagi tribunalarning yarmi bilan xayrlashishadi yoki umuman o'zgartirishmaydi. Bunisi esa "yo'q qilinadi".

Bunday imkoniyat o'zgacha konstrukciyalar sabab paydo bo'ldi. "974" stadioni" yuklar transportirovkasi uchun mo'ljallangan dengiz konteynerlaridan qurilgan. Raqam tasodifiy emas, bu Qatarning xalqaro telefon kodi. Bu erdagi konteynerlarning soni ham shuncha. Jahon chempionatidan so'ng konteynerlardan iborat stadion buziladi va ularni Urugvayga eltishadi. Agar u JCH-2030ni o'tkazish huquqini yutsa albatta.


Konteynerlar yaqindan yanada aniqroq ko'rinadi. Eng ko'p rang qora, shuningdek qizil, ko'k, sariq, yashil va kulranglari ham mavjud.



Konteynerlar shunchaki arenaning tashqi ko'rinishadigi chiroy uchun emas. Stadionga kirish joylari ham to'lqinli temirdan qilingan.



Zinalar ham.



Agar lift kerak bo'lsa, u ham konteynerlardan qilingan.



Aytgancha, konteynerlarga qaraydigan bo'lsangiz, ularda og'irligi va qancha hajmdagi yukni sig'dirishi yozilgan. Maksimum – 14 tonna va 70 kub metr.



Konteynerga qarab konteynerli liftdan ko'tarilamiz. Nima deb o'ylaysiz, bundan keyin nimani ko'ramiz? Albatta, konteynerli koridor.



Eng katta navbat – oqvatlarga ega konteynerlarga. Ular ko'k rangda.



Ibodat uchun konteynerlar – qora. U erda navbatlar yo'q.



Konteyner-hojatxonalar – sariq.



Ha, ichidagi devorlar ham konteynerdan.



Qaerda umuman konteyner yo'q? Tribunalarga yo'l olamiz. Konteyner-navigator orqali...



Aytgancha, agar siz VIP-mehmon bo'lsangiz, konteynerlardan baribir yashirina olmaysiz. VIP-launj ham konteynerdek ko'rinadi. Faqatgina oynalar bilan.




Xo'sh, etar bu konteynerlar. Stadion atrofidagi maydonga yo'l olamiz. U erda konteynerlar yo'q-ku?



Payqaganingizdek, konteynerlar ham joyda bor. Doha sharqida meksikaliklar bilan ham voqea taxminan shunaqa. Ular konteyner maydonni egallab olishgan.




Meksikaliklar haqiqatdan ham kimda eng yaxshi liboslar ekanligi uchun musobaqalashishdi. Mana bu shlyapa – qo'l ishi, patlar esa elektr toki kabi tebranadi.



Bitta yigit o'zga sayyoraliklar libosida yuribdi. U o'zini marslik Aksel deb tanishtirib, yaqin atrofda uchar likopcha yasayotganini va Meksikani qo'llab-quvvatlashini aytdi.




Rodrigo va Ektor meksikaliklar orasida ajralib turishibdi. Otaxon Ektorda 13ta jahon chempionati bor, u 1982 yildan beri barchasiga boradi (yoshi 62da). O'g'il Rodrigoda esa 3ta turnir, birinchisi – Braziliya-2014, keyingisi – Rossiya-2018 (yoshi 22da). Bu bosh kiyimlarni "penacho" deb atashadi. Bir vaqtlar shunday "penacho"da acteklar va mayyalar, masalan Montesuma yurgan. Endi esa unda meksikanalik futbol muxlislari o'z madaniyatlarini ko'rsatish uchun yurishibdi.

"Bu bosh kiyim 2014 yilda boshim uchun juda ham katta edi, – deydi Rodrigo. – 2018 yilda to'g'ri keldi, hozir esa kichik".



Eng mashhur liboslardan biri – Xorxe Kamposning jahon chempionati-1994dagi pushti formasi. Kimdir uni sariq krossovkalar va kepka bilan uyg'unlashtirmoqda.



O'yinlarga nafaqat erkaklar chiroyli kiyinmoqda. Ayollarda ananaviy uslubdagi kiyimlar.



Kiyinishning erinchoq varianti ham bor. Bu ikkalasi o'zi bilan katta somon sombreroni olib kelishmagan, shuning uchun ular Meksikadan shishiriladiganlarini xarid qilishgan.



Polyaklar ham kiyinib olishgan. Ular o'zlarini shunchaki Polsha futbolini yoqtiradigan Santa-Klauslar deb atashdi.



Meksikaliklar ko'proq qaynoq kiyimlarni tanlashdi. Masalan, tako libosi!



Yoki skelet. Marko – 44 yosh, bu uning ilk jahon chempionati. U ikki kunda Qatarga etib keldi: Mexikodan Parijga, u erdan Amsterdamga, keyin Amman va Dohaga. U hayotida bunday stadion ko'rmaganini, konteynerlar ajoyib ekanligini aytmoqda.



Meksikaliklar stadionni to'ldirishdi, "yongan" holda madhiyani kuylashdi va Robert Levandovskining har bir to'pga teginishidan so'ng hushtak chalishdi. Ular konteynerlar qichqiriq va sakrashdan titrayotganini tezda anglashdi. Va ular oyoqlarini qo'llashdi, shunda stadion CHuko (muxlislar shunday deyishadi) Lozano haqidagi qo'shiqlarda titradi.

Ayniqsa, ikkinchi bo'limda bu o'zgacha yorqin va baland ovozda chiqdi. Ochoa Levandovskining penaltidan tepgan zarbasini qaytarganda esa arena quvonchdan chaqnab ketdi.

Mana shunday karnaval. 0:0ga qaramasdan.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика