Konte: "Venger futbol dunyosining hurmatiga loyiq"
20 apr 2018 19:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/421644_original.jpg)
![](/upload/storage/421644_220.jpg)
Konte: "Venger futbol dunyosining hurmatiga loyiq"
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Arsenal" ustozi Arsen Vengerning bo'lajak istefosi haqida gapirdi.
"Arsen "Arsenal"dagi faoliyati tufayli futbol dunyosining hurmatiga loyiq. U va Fergyuson - dunyoning eng yaxshi murabbiylari. Ular bir klubda uzoq vaqt ishlay olishdi. "Arsenal"da 22 yil - ajoyib. Arsen - futbolni zamonaviylashtirgan kam sonli insonlardan biri. U har doim hujumkor futbolni xush ko'radi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi", - dedi Konte.
Venger "Arsenal"ni 1996 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar