Konte: "Venger futbol dunyosining hurmatiga loyiq"

Mirjalol Normatov
20 apr 2018, 19:56
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Arsenal" ustozi Arsen Vengerning bo'lajak iste'fosi haqida gapirdi.

"Arsen "Arsenal"dagi faoliyati tufayli futbol dunyosining hurmatiga loyiq. U va Fergyuson - dunyoning eng yaxshi murabbiylari. Ular bir klubda uzoq vaqt ishlay olishdi. "Arsenal"da 22 yil - ajoyib. Arsen - futbolni zamonaviylashtirgan kam sonli insonlardan biri. U har doim hujumkor futbolni xush ko'radi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi", - dedi Konte.

Venger "Arsenal"ni 1996 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com