Konte “Tottenxem”dagi debyutidan so'ng nimalar dedi?
05 noy 2021 09:15
Yangiliklar
Konte “Tottenxem”dagi debyutidan so'ng nimalar dedi?
“Aqlbovar qilmas o'yin. Odatda menga bunday uchrashuvlar yoqmaydi. Bu kabi bahslarda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz g'alaba qozonishimiz kerak edi va shunday ham bo'ldi.
3:0 hisobida oldinda borayotgandik, ammo keyin 2 ta gol o'tkazib yubordik va ular bo'lmasligi ham mumkin edi. CHetlatishdan keyin bizda muammolar paydo bo'ldi. Bunday qiyin sharoitda g'alaba qozonish jamoa va futbolchilar uchun ijobiy holat. Ular o'ziga bo'lgan ishonchni oshirishlari kerak, ko'p mehnat qilishlari lozim. Muammo esa bunga kerakli vaqtni topishda. Keyingi o'yinga qadar 2 kunimiz bor, shundan so'ng esa terma jamoalar yig'ini sabab tanaffus yuzaga keladi.
Albatta, rivojlanishda davom etishimiz kerak. Ko'p jihatlar ustida ishlashimiz zarur – ham taktik ham jismoniy. Mehnatdan qo'rqmayman va bilamanki, faqat uning yordami bilan muhim maqsadlarga erishish mumkin”, deydi Konte.
Fikrlar