Konte tarkibdagi muammolar haqida gapirdi
24 dek 2022 20:11
Yangiliklar


Konte tarkibdagi muammolar haqida gapirdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte tarkibdagi kadrlar muammosi haqida gapirdi.
"Ivan Perishichning tarkibga qaytgani menga maqul keldi. U katta ishtiyoq bilan mashg'ulot o'tkazdi va jamoaga yordam berishga tayyor. Ugo Loris haqida esa faqat bir narsani aytishim mumkin, yaqin bir qancha o'yinlarda u zaxira posboni bo'ladi.
Umid qilamanki, Romero "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvga tayyor bo'ladi. Risharlison bo'yicha tibbiy bo'lim bilan gaplashdim. Ular menga futbolchining qaytishi uchun 3-4 hafta kerakligini aytishdi. Risharlisonning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi", - dedi murabbiy.
"Tottenxem"ning navbatdagi uchrashuvi 26 dekabr kuni "Brentford"ga qarshi, 1 yanvarda esa "Aston Villa" bilan bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 28

Fikrlar