Konte: “Natijadan qattiq xafamiz”

25 iyun 2020, 09:37
“Inter” ustozi Antonio Konte “Sassuolo”ga qarshi 3:3 hisobidagi durangdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Hamma xafa. Axir jamoa butun kuchini sarfladi. Kichik detallar ham ahamiyatga ega. Bu narsani har doim mashg'ulotlardan takrorlayman. Bir-birimizga qarab, nima uchun ahmoqona tarzda uch ochkodan mahrum bo'lganimizni tushunishga harakat qilishimiz lozim. Jamoa qolgan 11 ta o'yinni yutishini istayman. Men ko'rishni xohlayotgan mentalitet quyidagilarni ichiga oladi: men barcha kuchni safarbar etib, hech qanday afsuslarsiz maksimum natijaga erishishni istayman. Ammo bugungi o'yindan bazi afsuslar bor”, - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Manba: Dimarzio.com