Konte: "Murabbiylik ishida doimo chemodaningiz bilan yurishingiz kerak"
21 fev 2018 17:43
Yangiliklar


Konte: "Murabbiylik ishida doimo chemodaningiz bilan yurishingiz kerak"
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte o'zining tez orada istefoga chiqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Natijalar yomonlashsa OAV doimo istefo haqida yozishni boshlaydi. "Byornli"ga yutqazganimizdan so'ng ketishim borasida malum qilishdi. Bunda muammo ko'rmayapman, menga bosim yoqadi. Asosiysi bu futbolchilarga tasir qilmasa bo'ldi. Avval ham aytganman, shartnomam 2019 yilning yozida yakuniga etadi va uni hurmat qilaman. "CHelsi"da baxtliman, biroq ikkala tomonda ham shunday bo'lishi kerak.
Murabbiylik ishida doimo chemodaningiz bilan yurishingiz kerak. Bu erda qolmoqchiman, ammo agar nimadir o'zgarsa, voqealar rivoji uchun bir nechta variant bo'ladi" - deydi Konte.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar