"Yuventus" Konte bilan muzokara o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2019, 16:24
"Yuventus" klubi italiyalik mutaxassis Antoni Konte bilan muzokaralarni boshladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Turin klubi rahbariyati Massimiliano Allegrining yozdagi ehtimoliy iste'fosini hisobga olib, Kontening jamoani boshqarish imkoniyatini muhokama qildi.

Oldinroq, Konte "Roma" bilan muzokaralarga kirishgani e'lon qilingan edi. Rim klubini mavsum oxirigacha Klaudio Raneri boshqaradi.

Kontening so'nggi klubi "Chelsi" bo'ldi. Bugungi kunda italiyalik mutaxassis London klubi bilan tovon pulini undirish borasida sudlashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia