So’nggi yangiliklar

09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  0 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  1 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  1 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  2 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  2 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  22 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  8 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  7 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0

Konte: "Murabbiy to'g'ri ovqatlanish va jismoniy tayyorgarlik borasida "aqlli gaplar" aytib, o'zi 120 kg bo'lishi mumkin emas" Yangiliklar

Konte: "Murabbiy to'g'ri ovqatlanish va jismoniy tayyorgarlik borasida "aqlli gaplar" aytib, o'zi 120 kg bo'lishi mumkin emas"

Antonio Konte L'Equipe nashriga intervyu berdi.

Mag'lubiyatlar haqida: "Mag'lubiyatlarni og'ir qabul qilaman. Undan keyingi ikki kun xuddi aza tutgandek bo'laman. Omadsiz uchrashuv iz qoldirishi zarur: menda, futbolchilarda va klubda. Men bu vaziyatdan chiqib ketish uchun katta kuch sarflayman".

Zaxira rejasi haqida: "Agar men murabbiy bo'lmaganimda, jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi bo'lardim. Bu mening B planim edi. Hattoki, diplomim ham bor. Bu ota-onamni juda xursand qilgan".

O'qish haqida: "Men psixologiya, jamoa boshqaruvi, motivaciya haqida ko'plab kitoblar o'qiyman. Ularning oxirgisi Jeyms Kerrning – "All Blacks sirlari" nomli kitobi bo'ldi. Texnik va taktik tomonlama kuchli bo'lishning o'zi kamlik qiladi, ko'p qirrali murabbiy bo'lish zarur. Jamoangizda 50 nafar inson bor, ularning har biriga individual yondashuv talab qilinadi. Men – etakchiman, jamoam haqida qayg'urishim zarur. Menedjment haqida kitob yozishimni ko'p bora so'rashgan, lekin hozircha bunga vaqtim etarli emas. Bu ishni keyinroq, bemalolroq bo'lganimda amalga oshiraman".

Ish haqida: "O'zimdan ko'p bor bu ish shunga arzirmidi, deb so'rayman. Nega men oilamga ajratishim mumkin bo'lgan vaqtni ish uchun sarflayapman? Futbol menga ko'p narsa berdi, lekin yana ko'p narsalardan mahrum ham qildi. Murabbiylik emas, boshqa biror ish qilishni juda ham xohlayman. Bilmadim, hech bo'lmaganda direktorlik yoki televidenieda ekspertlikmi..."

Faoliyati haqida: "Fubolchi sifatida men boshdan baland sakray oldim. Ancha mehnat qildim, ko'plab yo'qotishlarin boshdan o'tkazdim, ammo bu o'z natijasini berdi. Murabbiy bo'lgach, ko'p narsalarga erisha olishimni darhol sezgandim. O'zimga bo'lgan ishonch bir necha barobar ortgandi".

Yoshlar haqida: "Bizning avlod ko'chada katta bo'lgan, biz tezroq ulg'aygandik, muammolarni o'zimiz hal qilardik. Hozir barchasi butkul boshqacha. Hamma telefon, noutbuk bilan band yoki PlayStation o'ynaydi. Muammolarni esa ularning ota-onalari hal qilib beradi. Ko'cha – hayot darslari. Biz daraxtdan-daraxtga o'tib yurardik, 2-3 metr balandlikdan sakrardik. Bazan urishardik, o'zimizning g'amimizni o'zimiz erdik. Hozirgi avlod esa qaror qabul qilish o'rniga, uni atrofdan kutadi".

Kulgu haqida: "Har bir o'yin – bu jang. Siz jangga ketayotganingizda kulish yoki ortiqcha xursand bo'lishingizga hech qanday sabab bo'lmaydi. Sizning o'limingiz – mening hayotimni saqlab qoladi. G'olib faqat bitta bo'lishini yaxshi bilaman, shu sababli oxirgi qolgan jamoam bo'lishini istayman. Men faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushaman. Bu bazilarga ortiqcha bosim hosil qilar, bunga o'rganmaganlarga yoqmas, ammo shunday. Murabbiylik faoliyatimni erta yakunlayman, chunki men ishga haddan ziyod sho'ng'ib ketganman. Javobgarlik yuki kamaygandagina ko'proq kulishim mumkin".

O'yin vaqtida o'zini tutishi borasida: "Bazan men ham bazi hamkasblarim kabi jimgina o'tirishni, butun o'yin davomida ikki-uch marta o'rnimdan turib qo'yishni istayman, hotirjamlikni saqlash, ovozimni asrashni, ortiqcha kuch sarflamaslikni istardim. Yomonmi yoki yaxshi, men shundayman. O'yin bilan yashayman va muxlislar buni his etishadi. Ikkiyuzlamachilik qilish kerak emas. Qoningiz qaynoq bo'lsa, buni nega yashirish kerak?".

Sxemalar borasida: "Bu jamoadagi bor futbolchilarga bog'liq. B Seriyada men 4-2-4 taktikasidan foydalanardim. Undan "Yuve"da ham foydalanganman, lekin tezda 3-5-2 yoki 3-4-3 taktik sxemasiga o'zgartirgandim. Men "CHelsi"ga endi kelganimda, uch himoyachi bilan o'ynash Angliya uchun o'ta g'alati tuyulardi. Ammo keyin jamoalar vaziyatga moslasha boshladi. Men 4 himoyachi bilan boshladim, lekin "Arsenal"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgach, taktikani o'zgartirdim".

Tashqi ko'rinish haqida: "Murabbiy to'g'ri ovqatlanish va jismoniy tayyorgarlik borasida aqlli gaplar gapirib, o'zi 120 kg bo'lishi mumkin emas. Futbolchilar senga ishonishlari zarur. Ishonchni qozonish mushkul, lekin uni yo'qotish juda oson".

"Inter"ga o'tgani haqida: "Men o'zimni haqqoniy inson deb hisoblayman. Ikkiyuzlamachi yoki biror ishni kimlargadir yoqish-yoqmaslik uchungina bajarmayman. Barchasiga o'z kuchim bilan erishganman va ota-onamdan boshqa hech kimdan qarzdor emasman. Ruhan men ozod insonman".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика