Konte: "Men "Yuventus"ning hukmronlik davrini boshlab berdim va tugatdim"
03 noy 2021 19:04
Yangiliklar
Konte: "Men "Yuventus"ning hukmronlik davrini boshlab berdim va tugatdim"
"Tottenxem"ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte London klubiga intervyu berdi.
- Mening falsafam oddiy — muxlislarimiz uchun yaxshi va jozibador futbol ko'rsatish, past-baland natija ko'rsatadigan emas, barqaror jamoa bo'lishga asoslangan, - dedi Konte.
Antonio Konte Italiyadagi faoliyatini ham yodga oldi, biroq shu bilan birga u o'tmishda emas, balki hozirda yashayotganini takidladi.
- Men bugungi davr bilan yashayman. "Yuventus"da murabbiy sifatida hukmronlik davrini boshlab berganman. O'tgan mavsumda "Inter" g'olib bo'lgunimga qadar klub ketma-ket to'qqizta chempionlikni qo'lga kiritdi. Men o'tmishim bilan faxrlanaman, lekin hozirda bor etiborimni yangi jamoamga qaratganman, – dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar