Konte "CHelsi"dan 23 mln evro talab qilmoqda
06 noy 2018 12:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/461377_original.jpg)
![](/upload/storage/461377_220.jpg)
Konte "CHelsi"dan 23 mln evro talab qilmoqda
"CHelsi" sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte shartnomani muddatidan avval bekor qilish uchun London klubidan katta mablag' talab qilmoqda.
Malumotlarga ko'ra, italiyalik mutaxassis ingliz klubidan 23 mln evro undirib olmoqchi. Bu pullarning 13 mln evrosi shartnoma muddatidan avval yakunlangani, qolgan 10 mlni esa obro'siga putur etakazgani uchun.
"CHelsi" Kontening talablariga rozi emas, yuridik xizmat vakillari murabbiyni bir necha vazifasini bajarmaganlikda ayblamoqda. London klubidagilarning so'zlariga ko'ra, italiyalik mutaxassis ko'klarning homiyalari bilan tuzilgan shartnoma talablarini ado etmagan, mashinasini ko'rsatilgan joyga qo'ymagan va matbuot anjumanlariga kech qolgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar