Konte bugun yozda Italiya termasidan ketishini e'lon qiladi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2016, 08:40
Antonio Konte bugun Evro-2016dan so'ng Italiya terma jamoasini tark etishini rasman e'lon qiladi.

Kontening amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Murabbiy Italiya futbol Federatsiyasi prezidenti Karlo Tavekkioga kelishuvni uzaytirmasligi haqida ma'lum qilmoqchi.

Shundan so'ng Chelsi Konte bilan shartnomani rasman e'lon qilishi mumkin. Ma'lumotlarga ko'ra murabbiy va London klubi o'rtasida kelishuv bor.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net