Konte: "Bu mavsum "CHelsi" 70% kamroq ishlamoqda"
21 okt 2017 14:23
Yangiliklar
Konte: "Bu mavsum "CHelsi" 70% kamroq ishlamoqda"
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Kontening so'zlariga ko'ra, taqvim zichligi tufayli London jamoasining mashg'ulotlaridagi yuklamalar kamaygan.
"Biz bu mavsuv 70% kamroq ishlayapmiz. Har ikki kunda maydonga tushyapmiz, buning iloji yo'q. Har uch kunda uchrashuv o'tkazsangiz, taktika va jismoniy holat ustida ishlashning iloji yo'q. Bu narsalarga kam etibor qaratyapmiz deb o'ylayman.
Faqat bir futbolchilar bilan o'ynash - bu muammo, chunki bu o'yinchilar ishlay olishmaydi. Uchrashuv - mashg'ulot emas" - deydi Konte.
Angliyaning amaldagi chempionai APLning so'nggi ikki bahsida "Manchester Siti" va "Kristal Pelas"ga mag'lub bo'ldi, CHempionlar ligasida esa "Roma" bilan durang qayd etdi.
Fikrlar