Konte: "9 yillik qirolni ag'dargandan keyin o'zimizga baho bera olamiz"
15 may 2021 00:50
Yangiliklar


Konte: "9 yillik qirolni ag'dargandan keyin o'zimizga baho bera olamiz"
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyadagi chempionlik haqida gapirdi.
"Eng yaxshilar bilan musobaqalashganda o'z kuchingni sinovdan o'tkazib olasan. So'nggi 9 yil davomida skudettoni hech kimga bermagan jamoa ustidan g'oliblikka erishgandan keyin o'zimizga baho bera olamiz.
To'g'risini aytganda, birinchi davradan keyin o'z chizmalarimiz va taktikalarimizni bunchalik darajada o'zgartiramiz deb o'ylamagandim. CHempionat yuqori bosim bilan o'tdi va mavsum oxiriga qadar "Inter" o'z yo'li bilan ketdi.
Jamoamiz odatiy o'yin ko'rsatmadi va boshqalardan o'zib keta oldik. Kutilmagan o'yinlar ko'rsatdik. SHu nuqtai nazar bilan olib qarasak, chempionlikni adolatli deya olaman", - dedi Konte.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar