Konoplyanka: "Ispaniyada Sebalosni yomon ko'rardim"
16 okt 2018 11:13
Yangiliklar
Konoplyanka: "Ispaniyada Sebalosni yomon ko'rardim"
"SHalke-04" va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyanka Ispaniya chempionatidagi eng yoqimsiz raqibi haqida gapirib berdi.
"Ispaniyadagi birinchi uchrashuvimda shunaqangi jahlim chiqqanki, qizil kartochka olaman deb o'ylagandim. Haligi, oti nima edi, Daniel Sebalos. O'sha jahlimni chiqargan! Bu men yomon ko'radigan futbolchi. U g'azablantirishni yaxshi biladi: Tishlaydi, oyog'ingizni bosib oladi, chimchilaydi. Hakam buni ko'rmaydi, men ko'rishim ham mayli, og'riqni his qilaman.
U to'pga egalik qilgan bazi vaziyatlar bo'lgan, unga tegishingiz bilan xuddi bir nima bo'lgandek yiqilib tushadi. Keyin o'ylayman: Men unga hech narsa qilmadimku, balki hakam qizil kartochka ham berar" - deydi Konoplyanka.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar