"Beshiktosh" Ukraina terma jamoasi yetakchisini sotib olishga yaqin

Alisher
2 avg 2019, 12:04
"Shalke" yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyanka "Beshiktosh"ga o'tishga yaqin.

Istanbulliklar 29 yoshli o'yinchini 3 million evro evaziga sotib oladi.

Oldinroq, futbolchining "Beshiktosh"dagi maoshi yiliga 2,5 millionni tashkil etishi haqida xabarlar yangragan edi.

Ukraina terma jamoasi futbolchisining "Shalke" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil iyunga qadar mo'ljallangan.

Konoplyanka bundan oldin "Sevilya" va "Dnepr" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sabah