Rasman: Konoplyanka Ukraina chempionatiga qaytdi

Eldor Akmurzayev
2 sen 2019
Shalke yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyanka Shaxtyor a'zosiga aylandi.

29 yoshli futbolchi bilan kelishuv 3 yilga mo'ljallangan bo'lib, transfer summasi haqidagi aniq ma'lumot keltirilmagan. Avvalroq, 29 yoshli xavbek Sevilya hamda Dnepr klublari safida harakat qilgan. 

U Sevilya bilan Yevropa Ligasini,  Shalke safida esa Bundesliga vice-chempionligini qo'lga kiritdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCShakhtar