Konoplyanka: "Ispaniyada Sebalosni yomon ko'rardim"

Aslanov Jasurbek
16 okt 2018, 11:13
"Shalke-04" va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyanka Ispaniya chempionatidagi eng yoqimsiz raqibi haqida gapirib berdi.

"Ispaniyadagi birinchi uchrashuvimda shunaqangi jahlim chiqqanki, qizil kartochka olaman deb o'ylagandim. Haligi, oti nima edi, Daniel Sebalos. O'sha jahlimni chiqargan! Bu men yomon ko'radigan futbolchi. U g'azablantirishni yaxshi biladi: Tishlaydi, oyog'ingizni bosib oladi, chimchilaydi. Hakam buni ko'rmaydi, men ko'rishim ham mayli, og'riqni his qilaman.

U to'pga egalik qilgan bazi vaziyatlar bo'lgan, unga tegishingiz bilan xuddi bir nima bo'lgandek yiqilib tushadi. Keyin o'ylayman: Men unga hech narsa qilmadimku, balki hakam qizil kartochka ham berar" - deydi Konoplyanka.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tribuna.com