Konoplyanka Turkiya klubiga o'tishga yaqin

Alisher
17 fev 2021
"Shaxtyor" vingeri Evgeniy Konoplyanka klubdan kyetishga yaqin.

Konoplyanka yozda "Beshiktosh"ga 3 million evro evaziga o'tadi. O'yinchi yiliga 2,5 million dollar miqdorida maosh oladi.

31 yoshli ukrainalik futbolchining bo'lajak shartnomasi qancha muddatga tuzilishi haqida ma'lumot yo'q.

Futbolchi "Shaxtyor" (Doneck) safida ikki mavsumda Ukraina Premer-ligasi (UPL) doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: footballhd.ru