Konferenciyalar ligasi pley-offida qatnashadigan barcha jamoalar nomi aniq
04 noy 2022 08:26
Yangiliklar


Konferenciyalar ligasi pley-offida qatnashadigan barcha jamoalar nomi aniq
O'z guruhida birinchi o'rinni egallaganlar: «Istanbul» (Turkiya), «Vest Xem» (Angliya), «Vilyarreal» (Ispaniya), «Nicca» (Franciya), AZ (Niderlandiya), «Yurgorden» (SHveciya), «Sivasspor» (Turkiya) va «Slovan» (Slovakiya). Ushbu jamoalar 1/8 finalda o'ynashadi.
O'z guruhida ikkinchi o'rinni egallaganlar: «Fiorentina» (Italiya), «Anderlext» (Belgiya), «Lex» (Polsha), «Partizan» (Serbiya), «Dnepr-1» (Ukraina), «Gent» (Belgiya), CHFR (Ruminiya) va «Bazel» (SHveycariya). Bu jamoalar pley-off bosqichida ishtirok etishadi.
Evropa ligasidan tushib ketganlar: «Bude-Glimt» (Norvegiya), AEK Larnaka (Kipr), «Ludogorec» (Bolgariya), «Braga» (Portugaliya), «SHerif» (Moldova), «Lacio» (Italiya), «Karabax» (Ozarbayjon), «Trabzonspor» (Turkiya). Bu jamoalar ham pley-off bosqichida ishtirok etishadi.
Konferenciyalar ligasi pley-off bosqichi qurasi 7 noyabr kuni, 1/8 final qurasi esa 24 fevral kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar