So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  42 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

Konfederaciyalar kubogi-2017. Startga 15 kun qoldi Yangiliklar

Konfederaciyalar kubogi-2017. Startga 15 kun qoldi

17 iyun kuni Rossiyada Konfederaciyalar kubogi musobaqasi start oladi. Saytimiz orqali musobaqaga doir turli malumotlar berishni davom ettiramiz.

​2005 yilgi Konfederaciyalar kubogi musobaqasida Germaniya 15ta gol urib mezbonlar orasida rekordchiga aylangandi. Mutloq rekord esa Braziliyaga tegishli. 1999 yil Meksikadagi musobaqada Pele hamyurtlari 18ta gol urishgandi.

Germaniya o'sha musobaqada uchinchi o'rinni egallagandi. Yurgen Klinsmann shogirdlarining o'yinlari ko'pchilikka maqul kelgandi. Dunyo hujumkor futbol ko'rsatayotgan jamoani ko'rishgandi. Oradan taxminan 10 yil vaqt o'tib shu jamoa Yoaxim Lev qo'l ostida Jahon chempioni bo'lgandi.

1999 yil Braziliyadan tashqari Ispaniya 2013 yilgi Konfederaciyalar kubogida 15ta gol urgandi. Ammo bunchalik ko'p gol urilishiga jamoalarning yirik g'alabalari sabab bo'lgandi. Braziliya 1999 yil Saudiya Arabistoni ustidan 8:2 hisobida mag'lub etgandi, ispanlar esa 2013 yilda Taitini tor-mor etgandi - 10:0.

Germaniya esa o'z maydonidagi musobaqada har bir o'yinda o'rtacha 2-4tadan gol urgandi: 4 – Avstraliya, 3 – Tunis, 2 – Argentina, yarim finalda Braziliyaga qarshi 2ta va uchinchi o'rin uchun bahsda Meksikaga 4ta gol.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика