Konfederaciyalar kubogi-2017. Ilk o'yinda Rossiya Yangi Zelandiyani mag'lub etdi
17 iyu 2017 21:53
Yangiliklar


Konfederaciyalar kubogi-2017. Ilk o'yinda Rossiya Yangi Zelandiyani mag'lub etdi
Konfederaciyalar kubogi musobaqasining ilk uchrashuvida Rossiya Yangi Zelandiyani mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu sahifada o'yinning natijasi, foto va videolarini tomosha qilishingiz mumkin bo'ldi.
Rossiya – Yangi Zelandiya 2:0
17 iyun, 20.00, Krestovskiy
Gollar: Boksoll avtogol, 31 - 1:0. Smolov, 69 - 2:0.
Rossiya – Akinfeev, Kudryashov, Vasin, Djikiya, Jirkov, Eroxin (Tarasov, 77), Glushakov, Golovin, Samedov, Poloz (Buxarov, 61), Smolov (Miranchuk, 89).
Yangi Zelandiya – Marinovich, Smit, Uinn, Boksell, Dyurent, Roxas (Smelc, 72), Kolvi, Tomas, Vud, Barbaruses (Tuiloma, 58), Makglinchi.

1. O'YIN BOSHLANDI!
8. ZARBA! DARVOZA USTUNI! Viktor Vasinning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib darvoza chizig'i ustidan qaytarildi!

30. Uchrashuvning yarim soati ortda qoldi, hozircha hisob ochilmadi.
31. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DENIS GLUSHAKOOOOOOOOV! 1:0. Rossiyaning ajoyib kombinaciyasidan so'ng gol urildi. Glushakovga to'pni Poloz tashlab bergandi, Denis to'pni darvozaboning ustidan o'tkazib keyin darvozani ishg'ol qildi. Keyinroq FIFA bu golni Boksollga avtogol sifatida yozib qo'ydi.
TAS-IX emas

45. Birinchi taym tugadi. Hozircha Rossiya 1:0 hisobida oldinda

46. Ikkinchi taym boshlandi

52. Ochilish uchrashuvini stadiondan 50251 tomoshabin kuzatmoqda

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SMOLOOOOOOOOOOOOOV! 2:0. O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Fyodor Smolov deyarli bosh darvozaga joylab qo'ydi.
TAS-IX emas


85. Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qoldi. Rossiya ishonchli g'alabaga erishmoqda.

90+3. UCHRASHUV TUGADI. ROSSIYA - YANGI ZELANDIYA 2:0
O’xshash yangiliklar

Fikrlar