Kompanining xayrlashuv o'yini APL yulduzlari bilan o'tadi va undan tushadigan mablag' xayriya yo'lida sarflanadi
21 may 2019 22:40
Yangiliklar


Kompanining xayrlashuv o'yini APL yulduzlari bilan o'tadi va undan tushadigan mablag' xayriya yo'lida sarflanadi
Manchester Siti sardori Vensan Kompani yaqinda jamoadan ketishini malum qilgandi.
Uning xayrlashuv uchrashuvi 11-sentyabr kuni «Etixad» o'yingohida o'tkaziladi. Mazkur o'yinda «Manchester Siti» afsonalari APL yulduzlariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvdan tushadigan barcha mablag' Manchesterdagi uysiz insonlarga taqdim etiladi.
Kompani «shaharliklar» safida 11 yil harakat qilib, 360ta o'yinda (20 gol) qatnashdi va 12ta titulni boshi uzra baland ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. Avvalroq, belgiyalik 33 yoshli himoyachi keying faoliyatini «Anderlext» klubida davom ettirishini aytgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar