Kolumbiya beshinchi marta Amerika kubogida bronza medalini qo'lga kiritdi
10 iyu 2021 08:36
Yangiliklar
Kolumbiya beshinchi marta Amerika kubogida bronza medalini qo'lga kiritdi
Kolumbiya terma jamoasi Amerika kubogining uchinchi o'rin uchun kechgan bahsida Peruni 3:2 hisobida mag'lub etdi.
Kolumbiyaliklar uchun bu musobaqa tarixidagi beshinchi bronza medali bo'ldi. Bungacha terma jamoa 2016, 1995, 1993 va 1987 yillarda ushbu musobaqada uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan.
Ular 2001 yilda musobaqa g'olibiga aylanishgan. 1975 yilda esa finalgacha etib borishgan.
Fikrlar