Irlandiya U-17 bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi o'yingacha yaxshilashimiz kerak bo'lgan kamchiliklar bor"
07 noy 15:40
Yangiliklar
Irlandiya U-17 bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi o'yingacha yaxshilashimiz kerak bo'lgan kamchiliklar bor"
U-17 jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Irlandiya bosh murabbiyi Kolin O'Brayen o'z fikrlarini bildirdi.
"Shogirdlarimning ochilish o'yinidagi natijasi judayam xursand qildi. To'rtta gol – ajoyib start degani. Birinchi o'yindagi g'alaba futbolchilarga ancha engillik berdi, ularda hayajon kamaydi.
Lekin O'zbekistonga qarshi o'yingacha yaxshilanishimiz kerak bo'lgan jihatlar ham bor. Ikki kun tiklanish uchun vaqt bor, shanba kuni kechqurun O'zbekiston bilan o'ynaymiz, ular Paragvayni mag'lub etishgan, demak, bu biz uchun navbatdagi sinov bo'ladi", dedi 50 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Irlandiya – O'zbekiston uchrashuvi 8 noyabr kuni soat 20:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar