So’nggi yangiliklar

13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  2 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  14 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  2 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3

Ko'klamgacha ketaman sendan... Yangiliklar

Ko'klamgacha ketaman sendan...

Boshqa jamoada bemalol asosiy tarkibda o'ynaydigan, ammo zaxirada qolib ketayotgan va balki jamoasini o'zgartirishi zarur bo'lgan bazi futbolchilar haqida...

Hech kimga sir emas, bir necha kunlardan so'ng, yangi yil kirib kelishi bilan birgalikda, futbol olamida "transfer bozori" ochiladi. 

Har qanday futbolchi ham maydonda, o'ynab tursa kuchayadi. Zaxirada o'tirib, o'z maqsadiga etganlarni topish qiyin masala. 

To'g'ri, bu ro'yxatga juda ko'plab futbolchilarni kiritish mumkin. SHu sababdan, bugun har bir chiziqdan bittadan vakil olishga qaror qildik. Xo'sh, bu futbolchilar ko'klam, bahor kelgunga qadar (keyingi transfer oynasi yozda bo'ladi axir) jamoasini tark etadimi yoki yo'q? 

Siz qanday fikrdasiz?


Klaudio Bravo
Yoshi: 34da
Klub: «Manchester» Siti
Ushbu mavsumdagi o'yinlari: 3


CHili terma jamoasining sardori, shuningdek, “Barcelona”ning sobiq darvozaboni bu mavsumda oxir oqibat mag'lubiyatga uchrab, yosh braziliyalik Edersonga o'rnini bo'shatib berdi. Pep “Siti” rahbariyatidan Bravoni sotib olishni so'ragandi. Ispaniyalik oyoq bilan o'ynay oladigan darvozabonlarni juda hurmat qiladi. SHu sababdan, “Kondor” oz fursatda “shaharliklar” tarkibining asosiy bo'lagiga aylana olgandi. Ammo, bazi xatolar oqibatida Klaudio o'rnini yo'qota boshladi. Avvalgi mavsumda chililik qandaydir imkoniyatlarga ega bo'lgan bo'lsa-da, bu yil u aksariyat uchrashuvlarni zaxira o'rindig'idan tomosha qilmoqda.

Deyarli 35 million funt sterlingga “Benfika” klubidan sotib olingan yosh Ederson osongina asosiy o'yinchiga aylandi. Bravo kubok musobaqalaridagi uchta o'yindan ham mamnun edi. Bravo braziliyalik futbolchinining o'rnini egallashi haqiqatdan biroz yiroq, ammo boshqa klubga o'tish haqida o'ylab ko'rishi, bizningcha, yomon variant emas. Bundan tashqari, “Siti”da yana bir yosh va ajoyib darvozabon Daniel Grimshou ham voyaga etmoqda.

Tomas Mene
Yoshi: 26da
Klub: «PSJ»
Ushbu mavsumdagi o'yinlari: 9 (3ta gol)

Evropada Jaxon chempionati saralash bosqichining eng ishonchli ximoyachilaridan biri Tomas Mene parijliklarning bosh murabbiyi Unai Emerining ko'ziga yomon ko'rinib qoldi. Belgiyalik mamlakat termasi safida 5ta gol urib, 5ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi. Qanot himoyachilariga xos bo'lmagan tana tuzilishi va jismoniy ko'rsatkichlarga ega Tomas, jahon darajasidagi futbolni namoyish etmoqda. Tomas mag'lubiyat bilan yakunlangan Evro-2016dan so'ng, “Bryugge”dan arzimagan pul, 7 million evroga, sotib olingan. U sekinlik bilan tarkibning boshlang'ich o'yinchisiga aylandi.

Agar o'tgan mavsum o'yinchi uchun muvafaqqiyatli yakunlanganida, u o'zi istagan natijaga erisha olgan bo'larmidi? Turinning “Yuventus” klubidan kelgan Dani Alvesh belgiyalikni o'z o'rniga o'tkazib qo'ydi. Endi Mene yana o'yinga tushishi katta so'roq ostida qolmoqda. Emeri to'laqonligicha Alveshga ishonadi va braziliyalik uning ishonchini oqlamoqda. Ammo mish-mishlar nihoyasiga etgani yo'q. Angliya gazetalarining ayrim xabarlariga ko'ra, belgiyalikni “CHelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasida ko'rishni juda xohlardi. Kouch, “ko'klar” murabbiyi, o'yinchini jamoaga jalb qilishni istamadi.

 SHu bilan birga, futbolchining yozgi transfer oynasida “aristokratlar” lageriga borishi mumkinligiga qaramasdan, u buni bajarishni xohlamadi. Ingliz klublaridan tashqari, Madridning “Real” va “Atletiko” klublari, hamda Turinning “Yuventus” jamoasi futbolchini nishonga olgan. Jahon kubogi arafasida har bir futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak. Belgiyalik futbolchi hali klubni o'zgartirishi mumkinligi yoki yo'qdigi borasida sukut saqlamoqda.

Bernardu Silva
Yoshi: 23da
Klub: «Manchester» Siti
Ushbu mavsumdagi o'yinlari: 22 ( 1ta gol )


Ajoyib boshlang'ich tezlikka, undanda ajoyib dribling sohibi Bernardu Silva o'tgan mavsumda "Monako" bilan birgalikda nafaqat Evropa balki, butun dunyoni lol qoldirishga erishdilar. Jamoa nafaqat Franciya chempionatida balki, CHempionlar Ligasida ham omadli ishtirok eta oldi. Ajoyib mavsumdan so'ng, "monegasklar" asosiy tarkib futbolchisi Monte-Karlodan Manchesterga ko'chib o'tishga qaror qildi.

Portugaliyalikning aytishicha, bu qarorda unga Ronaldu va Nani maslahatchi bo'lishgan. "Siti" yozda qator xaridlarni amalga oshirdi va Silva jamoaga birinchilardan bo'lib kelib qo'shildi. Inglizlar iqtidor sohibi uchun pulni ayab o'tirishmadi va francuzlarga 43 million funt sterling sanab berdilar.

Ammo, afsus, portugaliyalik asosiy tarkib uchun kurashda Leroy Sane va hozir shunchaki ajoyib sport formasidagi Raxim Sterlengga imkoniyatni boy berdi.  Silva hozircha faqatgina muntazam zaxiradan tushayotgani va CHempionlar Ligasida asosiy tarkib tushayotgani bilan maqtana oladi xolos. SHu o'rinda eslatib o'tish lozim, "Siti" pley-off masalasini 4-turdan keyinoq hal etib bo'lgandi.
Yarim himoyachining "Siti"dagi kelajagi nafaqat katta so'roq ostida qolmoqda, balki u kelajak butkul ko'rinmayapti. Futbolchining o'zi uchun eng yaxshi variant boshqa jamoaga ijaraga o'tish va o'sha erda muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishdir. Axir kelasi yoz Jahon CHempionati bo'lib o'tadi va Portugaliya termasi ham mundialda ishitirok etadi. Biroq deyarli maydonga tushmayotgan Bernardu Rossiyadagi musobaqaga boradimi yoki yo'q degan savol hali o'z javobini topganicha yo'q. To'rt yillikning asosiy musobaqasida ishtirok etish uchun futbolchi qaysi klubda bo'lmasin o'ynashi va o'zini ko'rsatishi talab etiladi.

Artyom Dzyuba
Yoshi: 29da
Klub: «Zenit»
Ushbu mavsumdagi o'yinlari: 24 (2ta gol)



Italiyalik murabbiy tomon aytilayotgan yomon so'zlar yakin orada tugamaydi, nazarimizda. Mavsum alo darajada boshlandi, keyin esa kutilganidek  pastga tomon yo'naldi. Avvalgi barcha klublarida chuqurlikka tushib ketgan va eng asosiysi, ularning birontasida ham yaxshi o'yin ko'rsatolmagan janob Robertodan siz nima kutgandingiz?
«Piterliklar» yozda anchagina kuchaydi. Argentina diasporasi avvaliga maydonda “yondirgan” bo'lsa, keyinchalik xammasi so'nib qoldi. Artyom Dzyuba 24 o'yinda 2ta gol — forvarddan kutilgan natija emas. «Spartak»ning sobiq o'yinchisi o'tgan yili rakiblarga qo'rquv solib kelgan bo'lsa, bu yil u maydondagi oddiy o'yinchiga aylanib, janob Manchinni undan nima xohlayotganini umuman tushunolmay qiynalmoqda. Yoz oyida «Lokomotiv» Artyom bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lib turgan edi, lekin bu amalga oshmadi. Futbolchi «temiryulchilar» safiga ko'shilishni istamadimi yo boshqa sababmi, har holda masala ijobiy hal bo'lmadi.

Dzyuba asosiy tarkibda o'z o'rinini yo'qotib qo'yganidan so'ng, boshqa o'zini ko'rsatishga muyassar bo'lmadi. Qishki tatil ayni muddao bo'ldi. Machini gol uruvchi hujumchini xohlayapti, rahbariyat bu tilakni ham bajardi. Anton Zabolotniyning o'yini Dzyubaga nimasi bilandir o'xshab ketadi, lekin u g'alabaga chanqoq va nimalarga qodirligini ko'rsatishga harakat qiladi. Bu uning ustunligi. 

Artyom esa yaxshilab o'ylab ko'rishi kerak. Zaxirada o'tiraverish makulmi yoki Berdiev unga kaerda va kanday o'ynash kerakligi xakida aniq ko'rsatmalar berib turadigan «Rubin»ga o'tib ketishi kerakmi? Balki shunda gollar xam bizni kuttirmasmidi?! Balki shunda u ona yurtida bo'ladigan Jahon CHempionatini birinchi qatordagi “tomoshabin” sifatida, yoki (umuman tarkibga kira olmay) uyda, televizorda tomosha qilishga majbur bo'lmasmidi...


Xorijiy saytlar asosida Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика